O‘quvchilarga bilim ulashishdan zavq olish – mening hayotiy maqsadim.
Salom! Mening ismim
Muyassar Hodjiyeva

Men platformaning asoschisi va unga rahbarlik qilayotgan o‘qituvchiman. Informatika sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lganman va o‘z hayotimni ushbu fan orqali bilim olishni osonlashtirishga bag‘ishladim.
Nega ushbu platformani yaratdim?
Hozirgi zamonaviy dunyoda informatika har bir sohada muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bizning ta'lim tizimimizda ushbu yo‘nalishda yetarli imkoniyatlar yo‘qligini his qilib, bu platformani yaratishga qaror qildim. Maqsadim – o‘quvchilar va o‘qituvchilarga bilim olishni qulayroq, qiziqarliroq va samaraliroq qilish.
Kimlar uchun bu platforma?
O‘quvchilar uchun
Siz informatikani boshlang‘ich darajadan to yuqori darajagacha o‘rganishingiz mumkin.
O‘qituvchilar uchun
Bu yerda innovatsion uslublarni o‘rganib, darslaringizni yanada boyitishingiz mumkin.
Har kim uchun
Ushbu platforma barcha yoshdagilar uchun ochiq!